
Tadbirkorlikni rivojlantirishda ishonchli Hamrohingiz
HAMROH - O‘zbekistondagi ayollarga biznesni rivojlantirishda bepul yordam ko‘rsatuvchi birinchi va yagona kompaniyadir.
Biz har bir tadbirkor ayol o‘z ishining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar, o‘sishi uchun mentorlik, ta’lim va moliyaviy yordam sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni birlashtirdik.
HAMROH kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlari
Bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish
Biznesning muhim jihatlarini o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarni oshirish uchun treninglar, seminarlar va onlayn kurslar. Moslashuvchan ta’lim dasturlari orqali samarali o‘qitish.
Maslahat va mentorlik xizmatlari
Tajribali mutaxassislardan maslahat va yo‘l-yo‘riq. Yuridik, moliyaviy va strategik masalalarda professional yordam ko‘rsatish.
Moliyaviy qo'llab-quvvatlash va hamkorlik
Imtiyozli kreditlash, investorlar bilan bog‘lanish va yangi biznes imkoniyatlarini topishda yordam. Barqaror o‘sish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
Hududlar bo‘yicha loyihalar
Arizalar soni - 2 757
Jami - 449.3 mlrd so‘m
Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Navoiy Namangan Samarqand Surxondaryo Sirdaryo Toshkent shahri Toshkent viloyati Farg‘ona Xorazm Qoraqalpog‘iston

Biznes mentorlar
Tadbirkorlikning har bir bosqichida yoningizda
HAMROH mentorlari – muvaffaqiyatli tadbirkorlar va mutaxassislar bo‘lib,
o‘z tajribalarini ulashishga va sizning rivojlanish yo‘lingizda hamrohlik qilishga tayyor.
Muvaffaqiyatli
loyihalar
Hamroh bilan birgalikda o‘z biznesini rivojlantirayotgan tadbirkor ayollarning hikoyalari hujjatli qisqa filmlarda jamlangan. Bu o‘sish, qat’iyat va qo‘llab-quvvatlashning haqiqiy hikoyalari – birinchi qadamdan barqaror muvaffaqiyatgacha. Har bir hikoya boshqalar uchun ilhom manbaidir.
Biz bilan bog‘lanish uchun
Manzil
Aloqa uchun
+998712304006
Ish vaqti
Du - Ju
9:00 – 18:00
Sh - Ya
Dam olish kunlari